Foto: «Anado‘lu»
Bugun Turkiyada erta tongdan prezidentlik hamda 27-mavsum parlament saylovlari boshlandi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligiga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qilmoqda.
Saylovlarda 56 million 322 ming 632 nafar saylovchi qatnashishi kutilyapti. Buning uchun 180 ming 65 ta saylov qutisi shay holga keltirildi.
Turkiya miqyosida mahalliy vaqt bilan soat 8:00 da boshlangan ovoz berish jarayonlari soat 17:00 gacha davom etadi.
Ovoz berish kabinalariga qo‘l telefoni, fotoapparat yoki videokamera bilan kirish taqiqlanadi.
Saylovchi ham prezidentlikka nomzod, ham parlament vakilini yoqlab ovoz bergan saylov byulletenini bitta konvertga solib, qutiga tashlaydi.
Bu saylovlarda bemorlar uchun ilk marta maxsus sayyor qutilar tashkil qilindi. Ana shunday 17258 nafar saylovchi uchun 303 ta saylov qutisi tayyorlandi.
Dunyoning 60 ta mamlakatida yashayotgan yoki ishlayotgan 3 milliondan ziyod Turkiya fuqarosi shu yilning 7–20 iyun kunlari o‘z ovozlarini berishdi.
Saylov munosabati bilan bugun, ya’ni soat 06:00 dan to 24:00 gacha mamlakat miqyosida spirtli ichimliklar sotilmaydi. Saylov shartlariga mos ravishda bugun soat 18:00 dan keyin spirtli ichimliklarsiz to‘y o‘tkazish mumkin.
Radio, televideniye va barcha OAVda bugun soat 18:00 gacha saylov, saylov natijalari haqida xabarlar, ko‘rsatuvlar berish taqiqlanadi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda
Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar