
Sharja politsiyasi eri uylanmoqchi ekanligidan xabar topganidan so‘ng o‘zini osgan o‘zbekistonlik 43 yashar ayolning o‘limini tekshirmoqda.
Ayolning jasadi 2 iyul kuni Al-Dxayd shahridagi kvartirasida topildi. Uning eng kichigi 1 yosh bo‘lgan 5 nafar farzandi qolgani ma’lum.
Tergov taxminiga ko‘ra, ayol Birlashgan Arab amirliklari fuqarosi bo‘lgan eri marokashlik ayolni nikohiga olish niyatini bildirganidan so‘ng o‘zini o‘ldirgan.
O‘limning aniq sabablari sud-tibbiy ekspertizasidan so‘ng oydinlashadi. Mazkur oilaning yaqinlari va do‘stlari so‘roq qilingani bildirilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar