11:28 / 06.08.2018
4 470

Ispaniyada 3000 yilga qamalgan terrorchi ozodlikka chiqdi

Ispaniyada 3000 yilga qamalgan terrorchi ozodlikka chiqdi
Ispaniya sudi tomonidan qariyb 3 ming yilga ozodlikdan mahrum qilingan ETA tashkilotining jangarisi Santi Potros ozodlikka chiqdi, deb xabar berdi Kun.uz. U 5 avgust kuni ertalab Topas qamoqxonasini tark etgan.

Potros qamoqxonada jami 31 yil o‘tirgan. U 40ta terrorchilik harakatiga, jumladan 1987 yilda Barselonadagi supermarketda amalga oshirilgan portlashga aloqador hisoblanadi. O‘shanda 21 kishi halok bo‘lgandi.

U o‘sha yili qurol va portlovchi moddalar saqlagani uchun ozodlikdan mahrum qilingan. 2000 yilda u Ispaniyaga ekstraditsiya qilingan va 11ta jinoyati uchun qariyb 3 ming yilga qamalgan.
Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudining Parot doktrinasini (muddatidan oldin ozodlikdan chiqish huquqini bermaslik) bekor qilish to‘g‘risidagi qaroriga binoan Potros 2014 yilda ozodlikka chiqarilgan, ammo 2015 yilda yana hibsga olingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ispaniyada 3000 yilga qamalgan terrorchi ozodlikka chiqdi