4 269
AQSh O‘zbekistonda noqonuniy operatsiyalar amalga oshirgan rossiyalik milliarderga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSh Davlat departamenti «Sistema» AFK asosiy aksiyadori Vladimir Yevtushenkovga nisbatan sanksiyalar kiritish imkoniyatini o‘rganmoqda. AQSh Davlat departamentining kongressmenlar tegishli so‘roviga oid rasmiy javobi senator Ileana Ros-Leytinen tomonidan e’lon qilindi, deb xabar bermoqda Kun nashri.
Ros-Leytinen senator Mark Uolker bilan birga, Moliya vazirligi va Davlat Departamenti rahbarlari Stiven Mnuchin hamda Mayk Pompeoga iyun oyi oxirida Yevtushenkovga qarshi sanksiyalar qo‘llash imkoniyatini o‘rganish haqida murojaat qilgan.
«Davlat departamenti rossiyalik oligarx Vladimir Yevtushenkovga qarshi CAATSA qonuni (Amerika dushmanlariga sanksiyalar yordamida kurashish to‘g‘risida) va noqonuniy ravishda qo‘shib olingan Qrim bilan, shuningdek, O‘zbekistondagi noqonuniy operatsiyalar tufayli sanksiyalar qo‘llash ehtimoli o‘rganib chiqilayotganini tasdiqladi», - deya xabar berdi senator. U o‘z xabariga AQSh Davlat departamentidan olgan javobni qo‘shib qo‘ygan.
«Biz CAATSA mezonlariga mos tushadigan barcha tranzaksiyalar, yuridik va jismoniy shaxslarni aniqlash uchun jiddiy ishlayapmiz. Sizning murojaatingizga ko‘ra, biz sizning Vladimir Yevtushenkov haqida taqdim etgan ma’lumotingizni o‘rganyapmiz», - deyiladi 24 may kungi maktubda.
Shu bilan birga, hujjatda gap Yevtushenkovning O‘zbekistondagi aynan qanday operatsiyalari haqida ketayotganiga oydinlik kiritilmagan.
Ma’lumot uchun: Vladimir Yevtushenkov 1948 yilning 25 sentyabrida tug‘ilgan, rossiyalik tadbirkor. Rossiyadagi eng boy odamlardan biri, tarkibiga «MTS», Segezha Group, «Detskiy mir» kompaniyalar guruhi, «Medsi», «RTI», «Agroxolding „Step“», «Binnofarm», «MTS-Bank», «Gruppa Kronshtadt» korxonalari kiruvchi «Sistema» AFKning direktorlar kengashi raisi va 64,18 foiz aksiyalari egasi.
Forbes jurnaliga ko‘ra, Rossiyadagi eng boy tadbirkorlar ro‘yxatida 49-o‘rinni egallaydi, taxminan 2 mlrd dollarga ega.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi