08:58 / 08.09.2018
3 575

Nebenzya Idlibdagi terrorchilar sonini aytdi

Nebenzya Idlibdagi terrorchilar sonini aytdi
Idlibda 50 mingga yaqin terrorchi harakatlanmoqda. Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya shu haqida xabar berdi.

Uning soʻzlariga koʻra, Gʻarb Suriyadagi terrorchi anklavining pasayishiga yoʻl qoʻygisi yoʻq.

BMT zudlik bilan Suriyadagi terrorchilarga qurol yetkazib berilishi masalasi bilan shugʻullanishi kerak.

“Terrorchilarda shuncha xorijiy harbiy qurol qayerdan? Toʻgʻridan-toʻgʻri ishlab chiqaruvchilarning oʻzidanmi? Yoki tashqi qoʻllab-quvvatlash borasida qiyinchilik sezmaydigan moʻʼtadil muxolifatdanmi? Bu masala BMT profil tuzilmalari tomonidan zudlik bilan oʻrganib chiqishni talab qiladi”, - dedi Nebenzya.

Uning aytishicha, 4 sentyabr kuni Rossiya samolyotlari Idlib provinsiyasidagi aholi punktlaridan uzoqda joylashgan “An-Nusra” obyektlariga qarata zarba bergan. Bundan maqsad uchuvchisiz qurilmalar, portlovchi moddalar saqlangan omborlarni nishonga olish boʻlgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nebenzya Idlibdagi terrorchilar sonini aytdi