09:56 / 06.10.2018
5 311

Xarobalarda yashovchi pokistonlikning hisob raqamida milliardlab pul topildi

Xarobalarda yashovchi pokistonlikning hisob raqamida milliardlab pul topildi
Pokistonlik tergovchilar Karachi shahrida yashovchi muzqaymoq sotuvchisining bank hisob raqamida milliardlab rupiylarni aniqlashdi. Qizigʻi, sotuvchining oʻzi bundan bexabar boʻlgan.

Kuniga 4 dollar topadigan Muhammad Abdulqodir ismli ushbu shaxsning hisob raqamida 2,3 mlrd Pokiston rupiysi (18,6 mln dollar) bor boʻlgan. Erkakning aytishicha, u bu pullardan bexabar boʻlgan, hisob raqam esa shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi asosida ochilgan.

“Men dunyodagi eng omadsiz insonman. Hisob raqamimda shuncha pul borligini bilganimda, pullar u yerda yoʻq edi”, deb aytgan erkak.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari erkak haqiqatan ham ushbu pullarga aloqasi yoʻqligi haqidagi qarorga kelishgan, chunki u savodsiz boʻlgani sababli hattoki hujjatlarni imzolay olmagan.

Tergov davomida shunga oʻxshash yana 77 ta hisob raqam aniqlangan. Bu hisob raqamlar orqali umumiy hisobda 280 mln dollardan koʻproq pul oʻtgan. Ushbu pul yuvish sxemasini tuzishda Pokistonning sobiq prezidenti Asif Ali Zardariy gumon qilinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xarobalarda yashovchi pokistonlikning hisob raqamida milliardlab pul topildi