14:43 / 06.10.2018
3 457

Lukashenko Belarusda “erkaklar qolmayotganidan” tashvish bildirdi

Lukashenko Belarusda “erkaklar qolmayotganidan” tashvish bildirdi
Belarusdagi erkaklar orasida harbiy tayyorgarlik va yoshlarni tarbiyalashdagi kamchiliklar respublika armiyasida xizmat qilishdagi kechikishlar boʻyicha katta foiz tufayli kelib chiqdi. Bu haqda 5 oktyabr, juma kuni mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenko maʼlum qildi.

“Taxminan 80 foizi qonun boʻyicha xizmatni kechiktirgan. Kimdir oʻqishi sabab, boshqasi oilaviy sabablar bilan... Yaʼni, oʻzimiz shunday qarorlar qabul qilganmizki, bunda odamlar qonun boʻyicha xizmat qilmasligi mumkin. Bu yaxshi emas. Bilasizmi, biz sinf, erkaklar sifatida yoʻqolib boryapmiz”, - dedi Belarus yetakchisi.

Lukashenkoning tan olishicha, harbiy xizmat obroʻsini oshirish masalasi haqida gapirganda, baʼzan juda keskin fikrlarni bildirib yuboradi. “Chunki bu menga nafaqat prezident, balki erkak sifatida ham juda taʼsir qiladi”, - deya qayd etib oʻtdi u.

Shuningdek, davlat rahbarining eʼtibor qaratishicha, harbiy mojaro yuz beradigan boʻlsa, mamlakatning koʻplab aholisi uni himoya ham qila olmaydi, chunki ular quroldan qanday foydalanishni bilishmaydi.

“Biz juda jiddiymiz, shu yil va kelgusi olti oyda erkakni hech boʻlmasa oʻzi va oilasini qanday himoya qilishga oʻrgatish mumkinligi haqida jiddiy bosh qotirib koʻramiz. Bunda u Vatanini himoya qilishi lozimligi borasida gapirmasa ham boʻladi. Oʻzimiz koʻplab masalalarni keltirib chiqardik, bugun esa harbiy xizmatchilarimiz yetarli emasligidan shikoyat qilyapmiz”, - deya vaʼda berdi u.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Lukashenko koʻplab rahbarlarni ichkilikbozlik sabab ishdan haydashini bildirgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lukashenko Belarusda “erkaklar qolmayotganidan” tashvish bildirdi