AQSh Prezidenti Donald Trampning aytishicha, agar saudiyaliklar jurnalist Jamol Xoshuqjini Turkiyadagi konsullikda o‘ldirgani aniqlansa, Saudiya Arabistonini «qattiq jazo» kutmoqda.
«Biz buning tagiga yetamiz va jazo qattiq bo‘ladi», - dedi prezident «SBS» telekanaliga bergan intervyusida.
Qirollik bilan biznes aloqalari haqida maqtanishni xush ko‘ruvchi Tramp Saudiya Arabistoniga qurol sotishni to‘xtatish jazo choralaridan biri bo‘lmasligini ta’kidladi. Chunki ish o‘rinlariga zarar yetkazishni xohlamayman, dedi u.
Matbuotda tarqalgan ma’lumotga ko‘ra, Xoshuqji o‘zining o‘ldirilganini qo‘lidagi «Apple» soatiga yozib olgan bo‘lishi mumkin.
U uylanishi uchun kerak bo‘ladigan hujjatni olish maqsadida konsullikka kirganda soatning ovoz yozish funksiyasini yoqib qo‘ygan, deyiladi xabarlarda. Soat esa «iCloud» fayllarni saqlash xizmatiga va tashqarida qaylig‘ining qo‘lida qolgan telefoniga ulangan bo‘lgan. Qaylig‘i jurnalistning chiqishini uzoq kutgan, ammo u qaytib chiqmagan.
Turkiya matbuotining yozishicha, soat nafaqat Xoshuqjining so‘roq qilinishi va qiynoqqa tutilishini, balki o‘ldirilishini ham yozib olgan.
AQShda doimiy yashash huquqiga ega jurnalist «Vashington Post» nashri uchun Saudiya Arabistonini tanqid qiluvchi maqolalar yozib kelgan.
Saudiya Arabistoni Xoshuqjining konsullikni tark etganini va uning g‘oyib bo‘lishiga hech qanday aloqasi yo‘qligini aytmoqda.
Jurnalist Saudiya konsulligi ichida o‘ldirilgani haqidagi gaplar «yolg‘on va asossiz da’volar», dedi mamlakat Ichki ishlar vaziri shahzoda Abdul Aziz bin Saud.
Turkiyaning «Sabah» gazetasi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, 15 kishilik guruhning aniqlangan bir a’zosi Saloh Muhammad al-Tubayqiy bo‘lib, u Saudiya Ichki ishlar vazirligida Sud tibbiy-ekspertiza bo‘limi rahbari bo‘lib ishlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi