Rossiyalik yakkakurash jangchisi Xabib Nurmagomedov o‘z vaqtida Ukraina fuqaroligini olmoqchi bo‘lgan. Bu haqda uning amakisi Aleks Nurmagomedov “Sport-Ekspress” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Xabib Ukraina fuqaroligini olishi uchun imkoni bor ishni qilganmiz. Biz Ukraina va uning xalqini qadrlaymiz va hurmat qilamiz. Aytishim mumkinki, bundan yaxshiroq xalq yo‘q. Tug‘ilgan joying vataning, deyishadi. Biroq meningcha, senga yaxshi bo‘lgan joy vatandir. Biz Xabibning Ukraina uchun ishtirok etishini rejalashtirgandik, biroq buning uddasidan chiqa olmadik”, deb aytgan Nurmagomedovning amakisi.
Uning aytishicha, Xabib unga Ukraina fuqaroligi rad etilganidan ranjigan. “U nima uchun pasport berilmayotgani haqida so‘raganda, buni bilmasligimni va hech narsa qila olmasligimni aytganman. U birinchi janglariga Poltavadan uchgan. Kiyevdagi “Combat-DOBRO” klubi uchun ishtirok etgan. Poltavadan Xabibni Rossiyaga jo‘natganmiz”, deb qo‘shimcha qilgan sportchining amakisi.
Ta’kidlanishicha, Xabibning otasi Abdulmanop Nurmagomedov harbiy xizmatni Ukrainada o‘tagan. So‘ngra ukrainalik murabbiy Petr Butriy qo‘lida dzyudo bilan shug‘ullangan hamda dzyudo va sambo bo‘yicha Ukraina chempioni bo‘lgan. Xabibning amakisi Aleks Nurmagomedov esa hozirda Ukrainaning Poltava shahrida yashaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi