Dunyodagi eng kuchli inson bir kunda qancha ovqat yeydi?

Foto: «Instagram»
«World’s Strongest Man» hamda «Arnold Strongman Classic» turnirlarining ko‘p karra g‘olibi Brayan Shou o‘z muvaffaqiyatlarining asosiy sirini ochdi. Ma’lum bo‘lishicha, u juda ko‘p ovqatlanar ekan — kuniga taxminan 12 ming kilokaloriya.
Erkak kishilar uchun tavsiya etiladigan kunlik me’yor — o‘rtacha 2400 kilokaloriya.
Amerikalik strongmen kuniga 7 mahal ovqatlanar ekan. U nonushtaning o‘ziga sakkizta tuxum yeydi. Kun davomida esa xamirli pasta, juda ko‘p miqdorda go‘sht va sabzavotlar, yeryong‘oq moyi, proteinli kokteyllar, pishloqli pishiriqlar iste’mol qiladi.
— Ko‘p ovqatlanishimdan maqsad sayyoradagi eng kuchli odam bo‘lish, — «Independent» gazetasi 36 yoshli sportchidan shunday iqtibos keltiradi.
Ta’kidlash kerakki, Shouning shaxsiy rekordi — 520 kilogramm, u shuncha og‘irlikdagi avtomobil shinalarini ko‘tara olgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!«World’s Strongest Man» hamda «Arnold Strongman Classic» turnirlarining ko‘p karra g‘olibi Brayan Shou o‘z muvaffaqiyatlarining asosiy sirini ochdi. Ma’lum bo‘lishicha, u juda ko‘p ovqatlanar ekan — kuniga taxminan 12 ming kilokaloriya.
Erkak kishilar uchun tavsiya etiladigan kunlik me’yor — o‘rtacha 2400 kilokaloriya.
Amerikalik strongmen kuniga 7 mahal ovqatlanar ekan. U nonushtaning o‘ziga sakkizta tuxum yeydi. Kun davomida esa xamirli pasta, juda ko‘p miqdorda go‘sht va sabzavotlar, yeryong‘oq moyi, proteinli kokteyllar, pishloqli pishiriqlar iste’mol qiladi.
— Ko‘p ovqatlanishimdan maqsad sayyoradagi eng kuchli odam bo‘lish, — «Independent» gazetasi 36 yoshli sportchidan shunday iqtibos keltiradi.
Ta’kidlash kerakki, Shouning shaxsiy rekordi — 520 kilogramm, u shuncha og‘irlikdagi avtomobil shinalarini ko‘tara olgan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…