
Zoom Market agentligi 2018 yilning oktyabrida o‘tkazgan marketing izlanishida Rossiyaning eng ko‘p alkogolli ichimliklar iste’mol qiluvchi 25 ta shaharlari aniqlangan, deb xabar qilmoqda Sputnik.
Ular orasida birinchi o‘rinlarda – Saratov, Xantы-Mansiysk va Perm shaharlari. Eng so‘nggi 23, 24, 25 o‘rinlarda esa – Vladivostok, Nijniy Novgorod va Qozon shaharlaridir.
Shuningdek, Chelyabinsk - 8, Sankt-Peterburg - 11, Moskva - 16, Yekaterinburg - 19, Volgograd - 20 o‘rinlarni egallab kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada so‘nggi yillarda alkogolli ichimliklar iste’mol qilish sezilarli darajada kamayib, aholi umr davomiyligi o‘sib bormoqda.
Xususan, Rossiya sog‘liqni saqlash vazirining so‘zlariga ko‘ra, oxirgi 5 yil ichida alkogol iste’moli salkam yarim baravar kamaygan.
“O‘tgan besh yil ichida alkogol iste’mol miqdorini 40 %dan ortiq kamaytirishga, tamaki mahsulotlari iste’mol qilish, kattalar orasida 22 %ga, o‘smirlar orasida – 2,5 baravarga kamaydi”, - dedi Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvorsova.
Vazir aytishiga qaraganda, ushbu davr mobaynida aholining o‘rtacha yoshi Rossiya tarixida eng yuqori darajaga yetgan. Xususan, Erkaklar o‘rtacha umr davomiyligi 72,7 yoshga, ayollar – 77,6 yoshga. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar