
Yevropa ittifoqi (YeI)ning Eurostat statistika xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Shveysariya eng uzoq umr ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatkichga ega bo‘lgan Yevropa mamlakatlari orasida yetakchilik qilmoqda. Xizmat ma’lumotlari Shveysariyaning SRG SSR milliy teleradiokompaniyasi SWI axborot xizmati tomonidan keltirilgan.
Eurostat ma’lumotlariga ko‘ra, Shveysariyada o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 83,7 yilni tashkil qiladi. Ispaniya 83,5 yosh bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi, kuchli uchlikka esa Italiya 83,4 yoshlik o‘rtacha hayot davomiyligi bilan yakun yasab berdi.
Shu bilan birga, xizmat ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropada eng qisqa umr ko‘rish Bolgariya, Latviya va Litvada qayd etilgan - bu yerda odamlar o‘rtacha 74,9 yil yashaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar