Tabiati dastlabki ko‘rinishida eng yaxshi saqlanib qolgan davlatlar ro‘yxati ma’lum qilindi. Ro‘yxatga Rossiya yetakchilik qilmoqda. Ushbu davlatning 15 mln kvadrat kilometrlik hududini yovvoyi holda saqlanib qolgan deb hisoblash mumkin.
2-o‘rinni Kanada, 3-o‘rinni Avstraliya egallagan. Yetakchi beshtalikdan AQSh va Braziliya ham o‘rin olgan. Bu beshta davlatda saqlanib qolgan yovvoyi tabiat hajmi butun dunyodagi shunday joylarning 70 foizini tashkil qiladi.
Ekologlarning ta’kidlashicha, hozirda quruqlikning 77 foizi (Antarktidadan tashqari) va okeanning 87 foizi inson aralashuviga uchragan. Tegilmagan hududlar ekotizim va biologik turfalikni saqlab qolish uchun bufer hudud hisoblanadi.
30 oktyabrda Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi sayyoramizda yovvoyi jonzotlarning soni 40 yil ichida 60 foizga kamayib ketganini ma’lum qilgan. Bunga inson faoliyati bosh sabab qilib ko‘rsatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?