01:45 / 15.11.2018
2 766

Donetskda o‘tkazilgan saylovlarda Denis Pushilin g‘alaba qozondi

Donetskda o‘tkazilgan saylovlarda Denis Pushilin g‘alaba qozondi
Donetsk xalq respublikasida o‘tkazilgan saylovlarda Denis Pushilin g‘alaba qozondi. Bu haqda “DXR” markaziy saylov komissiyasi raisi Olga Pozdnyakova ma’lum qildi.

Avvalroq Leonid Pasechnik Lugansk xalq respublikasi rahbari etib saylangani xabar qilingandi.

Har ikki respublikadagi saylovlar 11 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. “DXR”dagi saylovlarda besh nafar, “LXR”dagi saylovlarda esa to‘rt nafar nomzod respublika rahbarligi uchun kurash olib bordi.

Shuningdek, har ikki respublika parlamentlariga ham saylovlar bo‘lib o‘tdi.

Kiyev saylovlarga qarshi chiqdi: Ukraina TIV rahbari Pavel Klimkin saylovlarni “sirk tomoshasi” deb atadi va saylovlar o‘tkazilgani uchun Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritilishiga va’da berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Donetskda o‘tkazilgan saylovlarda Denis Pushilin g‘alaba qozondi