Meksikalik tadbirkor Xose Antonio del Valle Coca-Cola kompaniyasi ustidan Mexiko prokuraturasiga arz qildi. Bu haqda Financial Times'ga tayanib Kun.uz nashri xabar berdi. Arzchi kompaniyadan 345 mln dollar undirmoqchi. Arzga Coca-Cola’ning go‘yoki miya faoliyatini yaxshilovchi yangi ichimligi sabab bo‘lgan.
Vallening aytishicha, u 2012 yilda Meksika va Niderlandiyada aminokislotalar negizidagi qo‘shimchaga ega Gaba nomli ichimlik ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘ygan. Qo‘shimchaning qo‘llanilishi tarafdorlarining ta’kidlashicha, u stressni olishga, uyqu bilan bog‘liq muammolarni hal qilish va diqqatni jamlashni yaxshilashga yordam beradi. Biroq bu ichimlikning ushbu xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari turlichadir. Shunga qaramay, qo‘shimcha Yaponiyada oziq-ovqat sanoatida faol qo‘llanadi.
Valle 2016 yilda ichimlikning formulasini qayta ko‘rib chiqish va rebrending qilish uchun uning ishlab chiqarilishini to‘xtatgan. U shu bilan bir vaqtda Coca-Cola bilan bu mahsulot bo‘yicha tijoriy hamkorlik haqida muzokaralar olib borishni boshlagan. Hozirda bu mahsulot Go Gaba deb ataladi. 2017 yil dekabrda tomonlar Coca-Cola’ga bunday ichimliklarni keyingi 30 oy ichida ishlab chiqarilishi va tarqatilishida ishtirok etishni taqiqlovchi kelishuvni imzolashgan. Biroq ko‘p o‘tmay meksikalik Coca-Cola Yaponiyada Fanta Gaba nomli ichimlik sotishni boshlaganidan xabar topgan. Valle AQSh kompaniyasiga kelishuvni buzganini aytgach, ichimlik yapon supermarketlari peshtaxtalari va kompaniyaning mahalliy saytidan olingan.
Endi esa meksikalik Coca-Cola’ni korporativ firibgarlik va sanoat mulkini o‘g‘irlashda ayblamoqda. U kompaniya harakatlaridan ko‘rgan zararni 344,5 mln dollarga baholagan. Prokurorlik tergovi natijalariga ko‘ra sud Coca-Cola’ga ushbu ayblovlarni rasman qo‘yish-qo‘ymaslik bo‘yicha qaror chiqaradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi
Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor"
Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”
Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar