Tojikistonda 22 nafar masjid imom xatiblarining bir nechta terroristik guruhlarga a’zoligi aniqlanib, qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Tojikiston Ichki ishlar vazirligi uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i Hafizzoda Shodi Xurshed xabar berdi.
Uning aytishicha, qamoq jazosiga hukm qilingan 22 nafar imom xatibning barchasi 2016 yildan bugungacha Tojikistonda faoliyati taqiqlangan terroristik va ekstremistik tashkilotlarga a’zo ekanligi aniqlangan. Shu jumladan, ularning 12 nafari "Musulmon birodarlar" terroristik tashkilotiga, 9 nafari "Salafiya" diniy ekstremistik tashkilotiga va 1 nafari "Islomiy davlat" terroristik tashkilotiga a’zo ekanligi IIV, prokuratura va sud organlari tomonidan aniqlanib, tasdiqlangan hamda ular turli muddatlarga qamoq jazosiga hukm qilingan.
Tojikistonda bunday harakat va tashkilotlar paydo bo‘lishining sabablaridan biri fuqarolar urushi yillarida ko‘plab yoshlarning Eron, Pokiston, Afg‘oniston va Misr kabi davlatlarda diniy ta’lim olganligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Qamoq jazosiga hukm qilingan 22 nafar masjid imom xatiblarining ham xorijda diniy ta’lim olish paytida yoki xorijdagi hamsaboqlari ta’sirida Tojikistonda faoliyati taqiqlangan terroristik va ekstremistik tashkilotlarga a’zo bo‘lganligi aytilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi