Birlashgan Arab Amirliklari hukumati Buyuk Britaniyaning Darem universiteti aspiranti, josuslik uchun umrbod ozodlikdan mahrum etilgan Metyu Xejesni afv etdi. Bu haqda BBCga tayanib Kun.uz xabar qilmoqda.
Birlashgan Arab Amirliklaridan ta’kidlashlaricha, afv etish haqidagi qaror BAA Milliy kuni - 2 dekabr kuni nishonlanadigan, Amirliklar birlashgan kun munosabati bilan chiqarildi.
BAAda aspirant «arab bahori» paytida va undan keyin maxsus xizmatlarning harakatlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borgan. Hukumat fikricha, bu Britaniya razvedkasi uchun maxfiy ma’lumotlarni to‘plash uchun o‘ziga xos niqob bo‘lgan.
Xejes 2018 yil may oyida Dubayda hibsga olingan. Qarindoshlarining ma’lum qilishicha, uni arab tilidagi hujjatlarni imzolashga majbur qilishgan. 21 noyabr kuni britaniyalik josuslik uchun umrbod ozodlikdan mahrum etildi. Uning ishi yuzasidan sud besh daqiqa davom etgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Eron AQShning josuslik kibertarmog‘ini fosh etganini ma’lum qildi

Birlashgan arab amirliklari shayxi, milliarder nega hanuz uylanmadi?

Rim papasi Fransisk BAAga keldi

Misr sobiq prezidentining oʻgʻli qoʻlga olingani maʼlum qilindi

Dubay polisiyasi britaniyalik sayyohga umrbod qamoq jazosi tayinladi

Xitoyda sobiq amaldor katta miqdordagi pora uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilindi