
Yengil vaznda UFC sobiq chempioni Konor Makgregor 2017 yil kuzida avtomobilda tezlikni oshirganligini tan oldi.
Irlandiyalik jangchi yo‘l harakati qoidalarida belgilangan tezlikka roiya qilmagan. Makgregor avtomobili mahalliy yo‘lda 100 km/soat deb belgilangan joyda tezlikni soatiga 153 kilometrgacha oshirgan.
Makgregor o‘z aybini tan oldi va 1000 yevro miqdorida jarima to‘lagan. U shuningdek, olti oy muddatga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilindi, deya xabar bermoqda BBC nashri. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar