
Saudiya Arabistoni energetika vaziri Xolid al Falixning bayonotidan so‘ng neft narxi pasayishi 5%ga kuchaydi.
Brent rusumidagi neftning bir barreli 4,6%ga - 58,66 dollargacha, WTI rusumidagi neftning bir barreli esa 4,7%ga - 50,41 dollargacha tushib ketdi.
Al Falix OPEK+ 2019 yilda neft qazib olish hajmi bo‘yicha kelishuvga erishmaganini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, OPEK+ neft qazib olishni sutkasiga 0,5-1,5 million barrelga qisqartirishni muhokama qilmoqda.
Saudiya vazirining bayonotiga qadar ham neft narxi arzonlashayotgandi, ammo bu darajada tez emas —1% atrofida edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar