
Lyuksemburg hukumati mamlakatdagi barcha jamoat transportini bepul qilib qo‘ymoqchi.
The Independent ma’lumotiga ko‘ra, gersoglik avtobuslari, tramvaylari va poyezdlarida safar qilishga haq to‘lash 2019 yilning yozida bekor qilinadi. Rasmiylarning fikricha, bu chora Lyuksemburgdagi ekologik vaziyatni yaxshilashda hamda tirbandliklardan qutilishda yordam beradi.
Hozirgi kunda kichik davlatning deyarli butun hududini qamrab oluvchi 2 soatlik safar narxi 2 yevroni, biznes klassda 3 yevroni tashkil qiladi. Jamoat transportining har bir turi uchun ikkinchi klassga butun kun uchun chipta narxi 4 yevro turadi. Bolalar bepul sayohat qiladi, ko‘plab yo‘lovchilar yillik «abonement» sotib olish huquqini qo‘lga kiritadi, u butun jamoat transporti uchun 150 yevroga tushadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar