18:44 / 11.12.2018
5 866

Qozog‘istondagi o‘rtacha oylik ish haqi ma’lum bo‘ldi

Qozog‘istondagi o‘rtacha oylik ish haqi ma’lum bo‘ldi
Qozog‘istonda 11 oy mobaynida o‘rtacha oylik ish haqi 159,5 ming tengegacha yetdi. Bu haqda milliy iqtisodiyot vaziri Timur Suleymenov hukumat yig‘ilishida ma’lum qildi, deya xabar beradi Kun.uz.

Qozog‘iston MIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, 2018 yil boshidan beri 468,6 ming kishi ish bilan ta’minlangan.

«Oktyabr oyida ishsizlik darajasi 4,8 foizgacha tushdi. Oylik ish haqi dinamik tarzda o‘sib bormoqda. Yanvar-oktyabr oylarida o‘rtacha oylik ish haqi 159,5 ming tengegacha o‘sdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, real ravishda 2,2 foizga oshdi», - dedi Suleymenov.

Vazir ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida real pul daromadlari 3,4 foizga oshgan.

«Dekabr YaIM oylik tuzilmasida sezilarli ulushga ega bo‘lgani inobatga olinib, davlat va mahalliy ijro etuvchi organlar investitsiya loyihalarining ishlashi hamda natijalari sifatli hujjatlashtirilishini ta’minlashi kerak. Ayniqsa, bu davlat xaridlari va qurilish sohalariga aloqador», - deya qo‘shimcha qildi Timur Suleymenov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik ish haqi ma’lum qilingandi.

2018 yil yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1 684,5 ming so‘mni (ish haqiga ustama, mukofot, rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar, kompensatsiya va ishlanmagan vaqt uchun haq kabi to‘lovlar kiritilgan, shuningdek uning tarkibida jismoniy shaxslar daromad solig‘i, ijtimoiy sug‘urta va kasaba uyushmasiga to‘lovlar ham mavjud) tashkil etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istondagi o‘rtacha oylik ish haqi ma’lum bo‘ldi