16:12 / 13.12.2018
4 218

«Konor Makgregor UFCdan ko‘ra viskidan ko‘proq foyda qilyapti»

«Konor Makgregor UFCdan ko‘ra viskidan ko‘proq foyda qilyapti»
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor UFCdagi ishtirokidan ko‘ra o‘zining viski savdosidan ko‘proq daromad qilayotgan ekan.
Bu haqda uning murabbiyi Jon Kavana shunday dedi:

«Konor yana oktagonga qaytadimi? Buni aniq bilmayman. Hozir u 30 yoshda. Viski reklamasi bo‘yicha katta shartnomaga imzo chekdi. Bu unga UFCdagi janglaridan ko‘ra ko‘proq daromad keltirmoqda.

Lekin boshqa tomondan Konor ertaga menga qo‘ng‘iroq qilib, «Nega sen meni faoliyatini yakunladi, deb matbuotga intervyu berding, axir mart oyida jangim borku, deyishi mumkin». Shu boisdan ham bilmadim», – dedi Kavana.

Manba: olamsport.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Konor Makgregor UFCdan ko‘ra viskidan ko‘proq foyda qilyapti»