AQSh prezidenti Donald Tramp eng ko‘p qidiriluvchi terrorchilardan biri, 2000 yilda “Koul” esminetsiga qarshi teraktga aloqador bo‘lgan Jamol Ahmad Muhammad Ali al-Badaviyning yo‘q qilinganini tasdiqladi. Al-Badaviy “Al-Qoida” terrorchilik guruhining eng qidiriluvchi a’zolaridan biri bo‘lgan.
“Ajoyib harbiylarimiz “Koul” esminetsiga qarshi hujumda halok bo‘lgan va jabrlangan qahramonlarimizga nisbatan adolatni tiklashdi. Bu hujum yetakchisi Jamol al-Badaviyni hozirgina o‘ldirdik. “Al-Qoida”ga qarshi ishimiz davom etadi. Biz terrorchilikka qarshi kurashni hech qachon to‘xtatmaymiz”, deb yozgan Tramp tvitterda.
Terrorchi FQBning eng ko‘p qidiriluvchi terrorchilari ro‘yxatida bo‘lgan. Uning qo‘lga olinishiga olib keluvchi axborot uchun 5 mln dollar mukofot puli tayinlangandi. Terrorchi Yamanning Marib muhofazasida 1 yanvarda aviazarba natijasida o‘ldirilgan. Terrorchi hujum vaqtida bir o‘zi mashinada ketayotgan bo‘lgan.
2000 yil 12 oktyabrda terrorchi-xudkushlar portlovchi moddalar ortilgan kichik qayiqda Yamanning Adan portida yonilg‘i quyish uchun to‘xtagan “Koul” esminetsiga hujum qilgan. Hujum oqibatida 17 nafar amerikalik dengizchi halok bo‘lgan, 39 nafari jarohat olgan.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, al-Badaviy 2004 yil martda Yaman mutasaddi idoralari tomonidan ushlangan, biroq 2006 yil fevralda turmadan qochishga muvaffaq bo‘lgan. U va yana bir necha mahbus supurgi va singan ventilyator bo‘laklari yordamida turmadan yaqin oradagi masjidga olib boruvchi tunnel qazishga muvaffaq bo‘lishgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi