07:04 / 28.01.2019
4 505

Izsiz yo‘qolgan futbolchini topish uchun kerakli pul to‘plandi

Izsiz yo‘qolgan futbolchini topish uchun kerakli pul to‘plandi
Izsiz yo‘qolgan "Kardiff Siti" futbolchisi Emiliano Sala va uchuvchi Deyv Ibbotsonni qidirish ishlari uchun 2 kunda 300 ming yevro yig‘ildi.
Futbolchini izlash ishlarini davom ettirish uchun aynan shuncha mablag‘ kerak edi. Salani qidiruv ishlariga pul yig‘ish aksiyasida PSJ hujumchisi Kilian Mbappe (30 ming yevro), Adriyen Rabo (25 ming yevro), Loran Koselni, Ilkay Gyundogan va boshqa mashhur futbolchilar ishtirok etishdi.

Eslatib o‘tamiz, bu transfer oynasida Sala "Nant"dan "Kardiff"ga o‘tgan edi. 21 yanvar kechasi hujumchi xususiy samolyotda Uelsga uchib ketdi va qo‘nishdan bir soat oldin samolyot radarlarga ko‘rinmay qoldi. 24 yanvar kuni politsiya qidiruv ishlarini to‘xtatgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Izsiz yo‘qolgan futbolchini topish uchun kerakli pul to‘plandi