
Bir hafta oldin prezident Donald Tramp ma’muriyati Venesuela muvaqqat prezidentini tan oldi. Mamlakatning amaldagi prezidenti Nikolas Maduro Qo‘shma Shtatlarga Vetnam urushi oqibatini eslatdi.
“AQSh xalqi, men Vatanimning Lotin Amerikasidagi “Vetnam urushi” holatiga tushishini istayotgan Donald Tramp ma’muriyati bosimini bekor qilish uchun ko‘mak so‘rayman. Bunga yo‘l qo‘ymang!" - deb ingliz tilida tvit qoldirgan Maduro
Feysbukdagi sahifasida e’lon qilingan videomurojaatda esa, Maduro ispan tilida shunday deydi: “agar Qo‘shma Shtatlar bostirib kiradigan bo‘lsa, ular tasavvur qilganidan ham battaroq Vetnamga duch kelishadi."
Maduroning AQShning Kolumbiyadan bostirib kirishi mumkinligi haqida shubhalari AQSh prezidenti milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Boltonning yon daftarchasida ko‘ringan “Kolumbiyaga 5000 askar” yozuvi bilan kuchayib ketdi.
Ma’lumot uchun, Vetnam urushida 58 ming amerikalik va 4 million vetnamliklar halok bo‘lgan. 1955 – 1973 yillarda kechgan urush AQSh tarixidagi Afg‘onistondagi urushdan so‘ng, eng mashaqqatli va qimmat urush bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar