2019 yilning 6 fevral kuni Chelyabinsk oblasti (Rossiya) gubernatori Boris Dubrovskiy va hududning Inson huquqlari bo‘yicha vakili Margarita Pavlova O‘zbekiston fuqarosi Olamafruz Abdullayevga tantanali ravishda «Yaxshilik qilishga shoshiling» («Speshite delat dobro») medalini topshirdi.
TIV xabariga ko‘ra, marosim oblast gubernatorining qarorgohida bo‘lib o‘tgan.
Faxriy yorliqda yozilganidek, vatandoshimiz «Rossiya Federatsiyasining Konstitutsiyasi, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va Inson huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi Yevropa Konvensiyasi bilan mustahkamlab qo‘yilgan inson va fuqaro huquq va erkinliklarini himoya qilish ishiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun» medal bilan taqdirlandi.
Medal Chelyabinsk oblastidagi Inson huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan ta’sis etilgan bo‘lib, har yili jamiyat uchun muhim ishlarni amalga oshirgan va og‘ir turmush sharoitlariga tushib qolganlarga ko‘maklashgan shaxslarga topshiriladi.
2018 yilning 31 dekabr kuni Magnitogorsk shahridagi turar joy binosida yuz bergan portlash natijasida jarohatlanganlarga yordam ko‘rsatishga oshiqib, qahramonlik ko‘rsatgan va yuksak mukofotga loyiq topilgan 19 nafar janubiy uralliklardan biri Olamafruz Abdullayev bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruvchilari yetib kelguniga qadar u sakkiz nafar kishining vayronalar ostidan chiqishiga yordamlashdi, – deb xabar berdi O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi bosh konsulxonasi (Ural federal okrugi).
Kuni kecha Olamafruz Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri nomidan qimmatbaho sovg‘a va bosh konsulxonaning faxriy yorlig‘ini ham qabul qilib olgandi.
Eslatib o‘tamiz, 7 fevral kuni u Toshkentga uchib keladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Husiylar Rossiya neftini olib ketayotgan kemaga raketalar uchirdi
Zelenskiy ukrainaliklarni qo‘rqitmaslik uchun halok bo‘lganlar sonini kamaytirib aytgan
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda