19:20 / 17.02.2019
9 636

Amerikalik erkak 130 yoshli ulkan osetr balig‘ini ovladi (foto)

Amerikalik erkak 130 yoshli ulkan osetr balig‘ini ovladi (foto)
Amerikalik Jon Eyden va uning otasi Viskonsin shtatida baliq ovi paytida ulkan osetr balig‘ini ovlangan, deya xabar beradi «Daryo».
Baliqning uzunligi 217 santimetr, vazni — 77,5 kilogramm. Uyga qaytgach, baliqchi ushbu baliq haqida ma’lumot qidira boshlagan, ammo bu og‘irlik eng yuqori ko‘rsatkich emasligini tan olishga majbur bo‘lgan.
AQSh atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi katta baliqlarni kuzatib boradi va 2012 yilda 222 santimetrdan ortiq baliq va deyarli 109 kilogramm bo‘lgan baliq topilgan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, u 125 yoshda bo‘lgan, ya’ni 1887 yilda tug‘ilgan.
U ro‘yxatga olingan va ozod etilgan. Shunga qaramay Jonning tutgan osyotri uzunligi bo‘yicha rekordni uradi: avvalgi osetr 214 santimetr bo‘lgan.
Bu baliqni ilgari ko‘rgan biolog Jonga murojaat qilgan. Bir necha yil ilgari baliq oshqozoniga kuzatuvchi qurilma joylashtirilgan.
Hozirda qurilma olimlarga topshirilgan va ular taxminan 130 yil yashagan ushbu suv jonzotining hayoti va oziqlanishi haqida ko‘proq bilib olishi mumkin.
Ayni paytda Eyden oilasi baliqni bo‘lish bilan shug‘ullanmoqda: undan to‘qqiz kilogramm qora ikra olingan, go‘shtni esa dudlash rejalashtirilmoqda.

Foto: Facebook /Jon Eiden


Foto: Facebook /Jon Eiden


Foto: Facebook /Jon Eiden


Foto: Facebook /Jon Eiden

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik erkak 130 yoshli ulkan osetr balig‘ini ovladi (foto)