Foto: TengriNews
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev hukumat iste’foga chiqishi kerakligini ma’lum qildi. Bu haqda Oq O‘rda saytiga tayanib, TengriNews xabar bermoqda.
«Bugun mamlakatimiz uchun muhim qaror qabul qilmoqdaman. O‘tgan yillarda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat barqaror bo‘ldi. Bu, albatta, ijobiy holat. Biroq bu hozirgi vaqt uchun yetarli emas.
Iqtisodiyotning ko‘plab yo‘nalishlari bo‘yicha bir qator qonunlar qabul qilinganligiga qaramasdan, ijobiy o‘zgarishlarga erishilmagan. YaIM o‘sishiga asosan xom ashyo resurslari hisobidan erishilmoqda. Mahsuldor ish o‘rinlari, ayniqsa qishloq joylarda, yetarlicha yaratilmagan.
Aholining real daromadi oshmayapti. Oilalar byudjetida oziq-ovqat mahsulotlari uchun xarajatlar ulushi oshib bormoqda.
Bunday sharoitlarda, men, Prezident va Konstitutsiya garovi sifatida, xalqimiz manfaatlarini hisobga olgan holda, quyidagi qarorni qabul qilaman. Hukumat iste’foga chiqishi lozim deb hisoblayman.
Hukumatning yangi rahbariyati hayot darajasini oshirish, iqtisodiyotni rag‘batlantirish, strategik vazifalarni amalga oshirish uchun amaliy choralarni ishlab chiqishi lozim», — deyiladi davlat rahbari bayonotida. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto)
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi