Foto: «MK.ru»
Moskva viloyatidagi Barvixa posyolkasida reys avtobusi Vladimir Putinning qarorgohi — Mayendorf qo‘rg‘oniga «hujum qildi». Bu haqda Mk.ru nashriga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.
Avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, katta tezlikda hashamatli kottejning darvozasiga borib urilgan.
Avariya 21 fevral kuni 05:30 da Rublyovo—Uspenskiy shossesida yuz bergan. Avtobusni 23 yoshli chechenistonlik Idris boshqargan. Uning haydovchilik staji uch yil bo‘lib, avtobus salonida hech kim bo‘lmagan.
Haydovchining o‘zi yo‘l politsiyachilariga ma’lum qilishicha, avtobusning tormozi ishlamay qolgan. U boshqaruvni yo‘qotib, avtobusni qarorgoh darvozalariga yo‘naltirib, to‘xtatishga qaror qilgan. Idrisning so‘zlarini eshitgan harbiylashtirilgan qo‘riqlov xizmati unga nisbatan hech qanday e’tiroz bildirmagan. Hodisa oqibatida bino fasadining tashqi bezagi, darvoza va avtobusning old oynasiga zarar yetgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?