date
views 5 575

Gurbanguli Berdimuhamedov yana master-klass koʻrsatdi (video)

Gurbanguli Berdimuhamedov yana master-klass koʻrsatdi (video)
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Ichki ishlar vazirligining avtosport markazini borib koʻrdi deb yozadi “Minbar” nashri.

“Prezident Berdimuhamedov yangi Nissan sport avtomobilini koʻzdan kechirdi va uni sinov tariqasida haydab koʻrdi. Soʻngra, mamlakat rahbari haqiqiy poygachi mahoratini namoyish qilib, drift-trassada yuqori darajali virajlarga kirdi”, — deyiladi Turkmaniston Axborot Agentligi tarqatgan xabarda.

Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov koʻp qirrali istedod sohibidir. Mahoratli otchopar va sportsmen boʻlishdan tashqari, prezident sheʼr yozadi, musiqa bastalaydi va hattoki rep aytadi. U, shuningdek, qurol-yarogʻning barcha turlaridan professional tarzda foydalana oladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gurbanguli Berdimuhamedov yana master-klass koʻrsatdi (video)