Ko‘zi ojiz erkak 240 km mashina haydab, politsiyaga tushdi

Ko‘zi ojiz erkak 240 km mashina haydab, politsiyaga tushdi

Buyuk Britaniyada haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan, qonuniy jihatdan ko‘zi ojiz erkak mashinada qariyb 240 kilometr yo‘l bosib o‘tdi. Hodisa mamlakatda katta e’tibor uyg‘otdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 50 yoshli Entoni Xoll Haddersfilddagi uyidan sherigiga tegishli avtomobilda yo‘lga chiqqan. U M6 avtomagistrali orqali Shotlandiya tomon harakatlangan.

Sudda ma’lum qilinishicha, Xoll yo‘lda harakatlanish uchun oldinda ketayotgan yuk mashinalarining chiroqlariga qarab yo‘nalish olgan. U ikki yil avval ko‘rish qobiliyatini deyarli to‘liq yo‘qotganini aytgan.

Politsiya 29 iyun kuni tungi vaqtda avtomagistralda xavfli harakatlanayotgan mashinani payqagan. Avtomobil bir necha bor o‘z harakat yo‘nalishidan chetga chiqqanidan so‘ng Xoll to‘xtatilgan.

Tekshiruv davomida uning haydovchilik guvohnomasi va sug‘urtasi yo‘qligi aniqlangan. Xoll sudda xavfli haydovchilik, ruxsatsiz avtomobildan foydalanish va boshqa qator qoidabuzarliklarga iqror bo‘lgan.

Sud unga 36 haftalik qamoq jazosini tayinlagan, biroq jazo 18 oyga shartli ravishda kechiktirilgan. Shuningdek, unga reabilitatsiya dasturida qatnashish va bir yil davomida avtomobil boshqarmaslik majburiyati yuklatilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar