Tojikiston va Qirgʻiziston chegarasida yana janjal yuzaga keldi. Bu haqda RIA Novostiga Isfara shahri mahalliy hukumat raisi Iqbol Teshayev maʼlum qildi.
Xabarda qayd etilishicha, ikki davlat chegarasida mahalliy aholi oʻrtasida yuzaga kelgan janjal tufayli Tojikistonning bir fuqarosi oʻldirilgan, boshqasi esa jarohatlangan.
“Mahalliy vaqt bilan taxminan soat 15:15 da qurollangan Qirgʻiziston fuqarolari Tojikiston fuqarolari – “Tojikon” qishlogʻi aholisiga qarata oʻt ochgan. Hozirda bir Tojikiston fuqarosi oʻldirilgani, boshqasi esa jarohatlangani maʼlum. Janjalning qaytadan yuzaga kelish sabablari ham maʼlum emas”, - dedi u.
Uning soʻzlariga koʻra, Tojikistonning Sugʻd viloyati rahbari Rajabboy Ahmadzodaning Qirgʻiziston vakillari bilan muzokaralar oʻtkazayotganini qaramasdan janjal davom etmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq 13 mart kuni chegaraga yaqin hududda joylashgan Qirgʻiziston va Tojikiston aholisi oʻrtasida mojaro yuz bergani haqida xabar qilgan edik. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi