
Gruziyalik 25 yoshli Tariyel Mikeladze qoʻllari bilan quturgan boʻrini boʻgʻib oʻldirdi. Boʻri unga kutilmaganda hujum qilgan va qurolsiz qolgan Tariyel uni qoʻllari bilan boʻgʻib olgan.
Yirtqich hayvon Mikeladzedan qutulishga urinib, uning qoʻli va yuzini tilib tashlagan. Garchi bir litr atrofida qon yoʻqotganiga qaramay Tariyel boʻrini qoʻlidan chiqarib yubormadi.
Boʻri bunga qadar bir erkak va uch ayolga hujum qilgan. Ularning barchasi tirik, birining qulogʻi tishlab olingan. Ayni vaqtda boʻridan jabr koʻrganlar kasalxonada, ularga nisbatan quturish kasaliga qarshi choralar koʻrilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar