Janubiy Afrikada fil karkidon ovlayotgan brakonerni o‘ldirdi

Janubiy Afrikada fil karkidon ovlayotgan brakonerni o‘ldirdi
Janubiy afrika Respublikasidagi Kryuger milliy parkida fil karkidon ovlayotgan brakonerni toptab tashladi, deb xabar berdi Kun.uz nashri.

Xabarda aytilishicha, bir necha kishi qo‘riqxona hududiga yashirincha kirgan. Fil ularning ko‘z o‘ngida brakonyerlardan biriga hujum qilgan.

Voqea joyiga yetib kelgan qo‘riqchilar brakonyerning faqat kiyimlarinigina topishgan. Qo‘riqchining aytishicha, uning jasadini sherlar galasi yeb tashlagan.

Mahalliy politsiya brakonyerlarni qo‘lga olganligi aytilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar