Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko o‘zini rusiyzabon odam deb atadi va buni isbotlash uchun diktant yoki insho yozishga tayyorligini bildirdi. Poroshenko bu haqda ICTV telekanalidagi “So‘z erkinligi” dasturida aytib o‘tdi.
Ukraina prezidenti mamlakat sharqi aholisiga murojaat qilib, hech kim ularning rus tilida so‘zlashish huquqiga rahna solmasligini ta’kidlab o‘tgan.
“Men o‘zim rusiyzabonman va men uchun rus tilida so‘zlashish mutlaq tabiiy ekanligini ko‘p marta aytganman”, deb ta’kidlab o‘tgan Poroshenko. Shu bilan birga u fuqarolarni ukrain tilini o‘rganishga chaqirgan va shundan keyin ularda “hammasi yaxshi bo‘lishiga” va’da bergan.
Ukrainada ta’lim va media sohasida rus tili mavjudligi sekin-asta kamaytirib borilmoqda. Ukrainaning “Ta’lim to‘g‘risida”gi yangi qonunida “milliy ozchilik tillarida” o‘qitish faqat boshlang‘ich sinflarda qolishi, yuqori sinflarda va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim faqat ukrain tilida olib borilishi ko‘rsatilgan. Bunga ko‘plab davlatlar, jumladan Rossiya, Ruminiya, Polsha, Moldova, Bolgariya, Vengriya va Gretsiya norozilik bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi
Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi
Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda
ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi
Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi
O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi