Foto: O‘zA
Tojikistonning Xatlon viloyatidagi Baljuvon tumanida «Ural» yuk mashinasi ishtirokida yuz bergan fojia oqibatida olti kishi halok bo‘lib, sakkiz kishi jarohat oldi, bu haqda Tuman administratsiyasining ma’lumotiga tayanib O‘zA xabar qiladi.
Hodisa 8 aprel kuni Doshmandi qishlog‘ida yuz bergan. Manbaning so‘zlariga qaraganda, jarohatlanganlar shifokorlar nazoratida kasalxonada davolanmoqda.
«Ularning ahvoli nihoyatda og‘ir. Ular turli darajada jarohat olgan. Kechagi tunda bemorlardan birini operatsiya qildik», — deydi manba.
Avtohalokatning guvohi bo‘lgan aholining aytishicha, mashina balandlikka ko‘tarilayotgan bo‘lgan, haydovchi hodisaning oldini olish maqsadida yo‘lovchilardan mashinadan tushishni va piyoda borishni so‘radi. Bir nechta yo‘lovchi tushgan, biroq shunga qaramay avtomobil balandlikka ko‘tarila olmagan va pastga ag‘darilib ketgan.
«Pastga tushganlarning ayrimlarini mashina bosib ketdi», — deydi guvohlardan biri.
Avtohalokatda jabrlanganlar orasida mahalliy ma’muriyatning moliya bo‘limi sobiq boshlig‘i Zarif Sa’diyev va uning o‘g‘li ham bor edi. Ularning har ikkisi og‘ir jarohat olgani bois shifoxonaga yotqizildi.
Aholi mana shu fojiadan so‘ng, hukumat Sarixosorgacha yo‘l qurish bilan shug‘ulanishga umid qilmoqda. Ularning so‘zlariga qaraganda, har yili mazkur yo‘lda yuz beradigan YTH oqibatida insonlar halok bo‘ladi.
Sarixosor jamoati – Baljuvandagi eng katta qishloqdir. Mahalliy yo‘llardan asosan «Ural» va «UAZ» mashinalari yuradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi