22:58 / 11.04.2019
5 361

Toshkentlik polkovnik Moskvaning IIB boshlig‘i etib tayinlandi

Toshkentlik polkovnik Moskvaning IIB boshlig‘i etib tayinlandi
Toshkentlik Aleksandr Kudryashov Moskva shahrining Zelenograd okrugi Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Zelenograd okrugi IIB matbuot xizmati xabar qildi.

Rossiyaning Moskva shahar IIV Bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari general-mayor Sergey Plaxix yangi rahbarni boshqarmaning shaxsiy tarkibiga tanishtirgan.

Aleksandr Kudryashev 1977 yil Toshkentda tavallud topgan. U 1999 yilda O‘zbekiston Ichki ishlar akademiyasida, 2013 yilda esa Rossiya Ichki ishlar akademiyasida tahsil olgan.

Aleksandr Kudryashov yetti yil davomida Moskva shahrining Veshnyaki va Novogiriyeyevo tumani IIB bo‘limi rahbari lavozimida faoliyat yuritgan. 2017 yil fevral oyida Rossiyaning Obninsk shahar IIBB boshlig‘i etib tayinlangan

Sergeya Plaxixning so‘zlariga ko‘ra, ichki ishlar organlarida faoliyat yuritgan Aleksandr Kudryashov mehnat davomida o‘zini bilimdon, ma’suliyatli va ijrochi rahbar sifatida ko‘rsatgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Toshkentlik polkovnik Moskvaning IIB boshlig‘i etib tayinlandi