23:39 / 18.04.2019
10 795

23 yoshli ayol besh egizak farzandni dunyoga keltirdi (foto)

23 yoshli ayol besh egizak farzandni dunyoga keltirdi (foto)
23 yoshli Aleksandra turmush oʻrtogʻiga farzand kutayotganini aytadi. Faqat bu safar bitta emas, bir nechta. Keyin 480 yilda bir marta tugʻilishi kerak boʻlgan besh chaqaloq 4 oʻgʻil va bir qiz dunyoga keladi. Chaqaloqlarning ota-onasi oilada oʻzlari egizak tugʻilishgani uchun ham bu oila anʼanasiga aylangan ekan.

Birinchi UZI tekshiruvida ularga bolalar soni koʻproq ekanligini aytishadi. Er-xotin ikki yoki uchta chaqaloq tugʻilishi mumkin, deb oʻylashadi. Ammo bunga ham toʻliq ishonch hosil qilishmaydi.

Bir oz vaqt oʻtgach shifokor Aleksandrani qayta tekshiruvga chaqiradi va embrionlar sonini koʻrib dahshatga tushadi. Boʻlajak ona ham 4 ta farzandini UZI orqali koʻradi. Bir necha oy oʻtgach yanada aniqlanib, bolalar soni beshtaligi maʼlum boʻladi.


Tugʻruq vaqti yaqinlashgach, Aleksandraning shaxsiy shifokori tugʻruq yaxshi kechishiga ishonadi va ular 40 ta xodim bilan chaqaloqlarni dunyoga keltirishadi. Ularga Daniel, Maykl, Aleks, Martin hamda Tereza deb ism qoʻyishadi. Bu besh egizakning tugʻilishi Chexiya davlatidagi birinchi holat.



1949 yildan buyon Chexiya respublikasida bunday voqea hali kuzatilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 23 yoshli ayol besh egizak farzandni dunyoga keltirdi (foto)