
Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev Pekinda xitoylik mashhur aktyor Jeki Chan bilan uchrashib, u bilan kinoda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish borasidagi fikrlari bilan bo‘lishdi.
Nazarboyevning matbuot xizmati ma’lum qilishicha, uchrashuvda aktyorning ijodiy jamoasi a’’zolari ham ishtirok etishgan. Qozog‘istonning birinchi prezidenti suhbat davomida Jeki Channing dunyo kinosiga qo‘shgan ulkan hissasini qayd qilib o‘tgan. “Men shunday mashhur inson bilan uchrashishdan xursandman. Siz butun dunyoda mashhursiz”, deb aytgan Nazarboyev.

Foto: akorda.kz
Aktyor o‘z navbatida yaqin istiqboldagi ijodiy rejalari haqida so‘zlab bergan va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish borasidagi fikrlarini bildirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar