Fransiyada rossiyalik josus fosh etildi. “Exo Moskvi”ning yozishicha, diplomat deb taxmin qilinayotgan bu shaxs Jahon antidoping agentiligiga kiberhujum uyushtirish rejasiga yordam bergan.
Maʼlum boʻlishicha, josus Sergey Jyoltikov boʻlib, uni Fransiya va Shveysariya maxsus xizmatlari fosh qilgan. Fransiyaning Monde gazetasi yozishicha, u goʻyoki Rossiyaning Marseldagi bosh konsulligida vitse-konsul sifatida ishlagan. Bunda u diplomatik vakolatxona xodimlari orasida rasman roʻyxatdan oʻtmagan.
Shveysariya maxsus xizmatlariga koʻra, Jyoltikov Rossiya Bosh razvedka boshqarmasi sayyor guruhi tarkibiga kirgan. Logistika bilan shugʻullanib, rossiyalik Yevgeniy Serebryakov va Aleksey Morensning xafsizligini taʼminlagan. AQSH va Niderlandiya hukumati ularni WADA laboratoriyasiga xakerlik hujumiga tayyorgarlik koʻrishda ishtirok etganlikda ayblamoqda. Ular goʻyoki diplomatlar niqobida harakat qilgan.
Jyoltikov Shveysariyada oʻz missiyasini amalga oshirganidan soʻng Fransiyadan ketgan. Gazeta maʼlumotlariga koʻra, fransiyalik razvedkachilar uni kuzatgan va shveysariyalik hamkasblariga axborot bergan.
Har ikki davlat rasmiylari josus haqidagi axborotlarga izoh bermagan. Rossiyaning Marseldagi bosh konsulligi Monde gazetasi chop etgan maʼlumotlarni tuhmat deb atagan.
Gumon qilinayotgan rossiyalik xakerlar oʻtgan yilning oxiridan beri AQSH Moliya vazirligi sanksiyalar roʻyxatida. Vazirlikning taʼkidlashicha, ular uch yil avval WADA maʼlumotlar bazasini xavf ostida qoldirgan. Serebryakov va Morens boshqa jinoyatlarga aloqadorlikda ham gumon qilinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi