Foto: «Proespanol.ru»
«Euronews» Qizil xoch tashkilotiga asoslanib xabar tarqatishicha, Ispaniyaning Pamplona shahrida o‘tkazilgan San-Fermin festivalining so‘nggi kuni sakkiz nafar yuguruvchi shifoxonaga keltirilgan.
An’anaviy oppoq liboslarga burkangan, bo‘yinlariga qizil ro‘mol tang‘ib olgan minglab kishilar iyul oyining 7—14 iyul sanalarida, har tonggi soat 7 dan boshlab o‘rta asrlar shahrining tor ko‘chalarida buqalarning oldiga tushib yugurish musobaqalarida qatnashish uchun jam bo‘lishadi. Festival uchun maxsus boqilgan buqalar qariyb 900 metrgacha yugurib boradi. O‘sha kuni kechki korridada bu jonivorlar o‘ldiriladi.
So‘nggi 50 yildan beri musobaqalarni qoldirmay qatnashib kelayotgan bir amerikalik aytib qoldi: hozirgi buqalar ancha tez yugurmoqda. Uning qo‘shimcha qilishicha, 60 va 70-yillarda bu jonivorlar 900 metrlik masofani to‘rt daqiqada ortda qoldirgan, hozir esa ikki yarim daqiqa ham kifoya...
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi?
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"