
Foto: CBS News
Jorjiya yaqinidagi plyajda dam olayotgan aholi qirg‘oqqa chiqib qolgan 50 ga yaqin kitni qutqarish uchun yordam ko‘rsatdi, deb xabar beradi Daryo.uz nashri.
Dengiz Sent-Saymons oroli qirg‘og‘iga 50 yaqin kitni uloqtirib tashlagan. Mahalliy aholi va turistlar qutqaruvchilar kelishini kutib o‘tirmasdan, ularga yordam ko‘rsatdi.
Dengiz jonivorlarining aksariyati suvga qaytarildi, biroq uch nafari halok bo‘lgani aytilmoqda. Uchta kitning halok bo‘lishiga nima sabab bo‘lgani aniqlanmoqda.
Beached Whales East Beach SSI, GAEast beach St. Simons Island, GA
Опубликовано Dixie V. McCoy Вторник, 16 июля 2019 г.
Qoidaga ko‘ra, jamoatchilik vakillari kitlarga yordam berishga urinmasligi kerak, chunki bu kabi vaziyatlardan keyin odatda ular kasal bo‘lib qoladi yoki jarohat oladi. Ammo mazkur holatda dam oluvchilar qoidani chetlab o‘tib, yordam qo‘lini cho‘zdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar