14:00 / 22.07.2019
3 658

Ramzan Qodirov kechki sayr vaqtida qozog‘istonlik sportchilarga duch kelib qoldi (video)

Ramzan Qodirov kechki sayr vaqtida qozog‘istonlik sportchilarga duch kelib qoldi (video)
Foto: Tengrinews
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Grozniyga kelgan qozog‘istonlik sportchilar bilan uchrashib, ular bilan suhbat qurdi, deb xabar beradi Tengrinews'ga tayanib Daryo.

Kechki sayr vaqtida velosiped haydab yurgan Qodirov Qozog‘iston bayrog‘ini ko‘rib qolgan. U velosipedidan tushib, bolalarning oldiga kelgan. «Qozog‘istondan bo‘lsalaringiz sizlar bilan so‘rashmaslikka haqqim yo‘q. Ishlaringiz yaxshimi? Grozniy sizlarga yoqdimi?», — deya sportchilarga murojaat qilgan Checheniston rahbari.

Shundan so‘ng Qodirov Qozog‘iston bayrog‘ini olib yosh sportchilar bilan birga suratga tushgan. Checheniston rahbari ularga Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev nomi bilan ataluvchi Grozniydagi ko‘cha, litsey va uy haqida so‘zlab bergan. «Checheniston xalqi og‘ir damlarda bizga yordam bergani uchun uni hech qachon unutmaydi», — deb yozadi Qodirov o‘zining «VKontakte»dagi sahifasiga.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov kechki sayr vaqtida qozog‘istonlik sportchilarga duch kelib qoldi (video)