
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev Moskvaga uchib kelganidan so‘ng Kremlga yo‘l oldi. Bu haqda Qirg‘iziston sotsial-demokratik partiyasi rasmiy vakili Kunduz Joldubayeva o‘zining Facebook sahifasida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Almazbek Atamboyevga Federal qo‘riqlash xizmati xodimlari hamrohlik qilmoqda. Avvalroq Atamboyev Moskvada yuqori darajadagi uchrashuv o‘tkazishi ma’lum qilingandi.
Ekspertlarning fikricha, Moskva Qirg‘izistondagi siyosiy inqirozni hal qilishda vositachilik qilishga qaror qilgan.
Moskvaga Almazbek Atamboyev bilan birga Jogorku Kenesh deputatlari va Qirg‘iziston sotsial-demokratik partiyasi rasmiy vakili ham kelgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.