Nyu-Yorkda o‘zbekistonlik politsiyachi Sadoqat Maqsudova qimmatbaho kiyimlarning pulini to‘lamasdan do‘kondan chiqib ketayotganida qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Daryo.
Qayd etilishicha, 24 yoshli politsiya xizmatchisi Sadoqat Maqsudova 15 avgust kuni Staten Island savdo majmuasidan 300 dollarlik kiyim-kechakning pulini bermasdan chiqib ketayotganida ushlangan.
Xabarda Maqsudova mayda o‘g‘irlikda ayblanib, xizmatidan vaqtincha chetlatilgani yozilgan. Sadoqat Maqsudovaning o‘zi esa o‘g‘irlik qilganini rad qilmoqda.
«Men bunga izoh berolmayman. Bu Nyu-York politsiya departamenti ichidagi narsa. Biz hali sudlashamiz. Lekin men ishdan haydalganim yo‘q, ishlayapman», — degan u.
Eslatib o‘tamiz, asli buxorolik bo‘lgan Sadoqat Maqsudova Nyu-Yorkka oilasi bilan 2009 yilda ko‘chib kelgan. U bir yarim yillik kadetlik kursidan so‘ng yaqinda Nyu-York politsiya akademiyasiga kirdi va olti oylik kursni bitirib, politsiya xizmatiga ishga qabul qilindi. U xizmatni o‘zbeklar ko‘p istiqomat qiladigan Bruklin tumanida o‘tamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi