Foto: «TASS»
Oulu shahrida xayolan gitara chalish bo‘yicha chempionat yakuniga yetdi. Final musobaqalari shahardagi markaziy maydonlardan birida o‘tkazildi, deb xabar berdi «Daryo».
Chempionatda g‘oliblik bu safar amerikalik Rob Markiz Messelga nasib etdi. U hakamlarning eng yuqori bahosini qo‘lga kiritdi.
Chempionat bahslarini kuzatish uchun maydonga uch ming kishi yig‘ildi.
Final ishtirokchilarida hech qanday gitara bo‘lmasa ham ular o‘zlarini xuddi gitara chalayotgandek tutishlari kerak edi. Ularga har biri 60 soniya davom etadigaan ikkita kompozitsiya qo‘yib berildi. Ishtirokchilari kompozitsiya ohangiga moslashib, «gitara chalishlari» talab etildi.
Chempionat g‘olibiga finlyandiyalik ustalar tomonidan yasalgan haqiqiy gitara sovg‘a qilindi.
1996 yildan beri o‘tkaziladigan musobaqaning asosiy maqsadi musiqa bilan bog‘liq emas. Tashkilotchilarning fikriga ko‘ra, u «butun dunyoda tinchlikni qo‘llab-quvvatlash»ga yo‘naltirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi