Foto: «Xroniki Turkmenistana»
So‘nggi bir necha haftadan buyon Ashxoboddagi bozorlar va davlat do‘konlarida tovuq tuxumini topishning imkoni bo‘lmay qoldi, deb xabar beradi «Daryo» nashri.
9 sentyabr kuni tuxum ayrim davlat do‘konlarida paydo bo‘lgan, biroq cheklangan miqdorda va faqatgina yoshi kattalarga sotilmoqda. Ba’zi ayollar o‘smir farzandlarini ham tuxum sotib olishga olib kelmoqda, biroq ularga rad javobi berilgach, sotuvchilar bilan janjallar yuzaga kelyapti.
11 ta tuxum solingan paketning narxi 5 manat, ya’ni har biri 45 tengedan. Taqchillikdan avval tuxum 40 foizga, ya’ni 33 tengedan 45 tengega qimmatlashgan. Shuningdek, tovuq oyoqlarining narxi ham ko‘tarilib, bir kilogrammi uchun 8 manatdan 10 manatga oshgan.
Davlat do‘konlarida tuxum yetishmovchiligi xususiy do‘konlarda ham narxning oshishiga olib kelgan. Biroq ularda ham tuxumni doim topishning iloji yo‘q va ularning donasi 1 manatdan sotilmoqda. Taqchillikka qadar xususiy do‘konlarda tuxumning donasini 60 tengega xarid qilish mumkin edi.
Eslatib o‘tamiz, Ashxoboddagi davlat do‘konlarida tuxum yetishmovchiligi yozning o‘rtasida boshlangan edi. Avgust oyi o‘rtalarida donasi 33 tengedan sotilgan bo‘lsa, keyinroq narx 50 tengega qadar ko‘tarilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi