
Foto: dpa
Fererlar 200 ga yaqin traktor bilan Berlin markazini to‘sib olishdi.
Hukumatning yangi rejalariga qarshi chiqqan norozi fermerlar 200 ga yaqin traktor bilan Berlin markazini to‘sib qo‘yishdi. Traktorlar shahar markaziga Berlinning barcha taraflaridan kirib keldi.
Berliner Morgenpost gazetasining xabar berishicha, shahar markazida 600dan ortiq politsiya xodimi navbatchilik qilmoqda. Fermerlar hukumatning yangi agrar paketidan norozi bo‘lmoqda. Ularning fikricha, rejalashtirilayotgan choralar dehqonlar uchun yangi qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Bonn, Vyursburg, Myunxen, Bayroyt, Shtuttgart, Frayburg, Magdeburg va Gannover shaharlarida ham fermerlarning norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar