
Foto: Reuters
AQSh harbiylari maxsus amaliyot o‘tkazgani va IShID rahbari Abu Bakr al Bag‘dodiy o‘ldirilgani haqida Newsweek xabar berib o‘tdi.
Xabarda aytilishicha, AQSh mudofaa vaziri «qat’iy ishonch» bilan Oq uyga bergan ma’lumotga ko‘ra Bag‘dodiy maxsus amaliyot natijasida yo‘q qilingan. Ayni vaqtda ushbu xabarni tasdiqlash borasida ishlar olib borilmoqda.
Maxsus amaliyot 26 oktyabrda o‘tkazilgani aytilmoqda. AQSh prezidenti Donald Tramp bir hafta muqaddam amaliyotni o‘tkazishga ruxsat bergan.
Ushbu munosabat bilan Donald Tramp bugun kun davomida bayonot berishi kutilmoqda. Shu vaqtga qadar Bag‘dodiy o‘ldirilgani yoki asirga olingani haqida bir necha bor xabarlar tarqatilgan. Ammo ulardan birortasi tasdiqlanmagan edi.
AQSh HarbiylariIShID RahbariAbu Bakr al Bag‘dodiyMaxsus AmaliyotDonald TrampOq Uy O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar