08:46 / 31.10.2019
44 676

"Kim Tan" ya'ni koreys aktyori Lee Min Honing sevgan qizi

"Kim Tan" ya'ni koreys aktyori Lee Min Honing sevgan qizi
Lee Min Ho ham barcha yigitlar kabi o‘tmishidagi ishqiy munosabatlarga ega. 2011 yilda u o‘zining "Shahar qo‘riqchilari" serialidagi partnyori Park Min Yong bilan besh oylik ishqiy munosabatlaridan so‘ng xayrlashdi. Park Min Yong Koreyada savdo-sotiq malikasi deb ataladi. Ularning menejerlarining so‘zlariga ko‘ra doimiy bandlik jadvallari ikki yoshning ajralishi uchun sabab bo‘lgan, deb xabar beradi Married Biography.

O‘sha yili Lee Min Ho yana bir oddiy qiz bilan 6 oy uchrashib yurdi. Yigit undan ikki yosh kichik edi va ularning ajralishiga sabab shaxsning mos kelmasligi edi.
2013 yilda Lee Min Ho o‘zining "Vorislar" serialidagi partnyori Park Shin He bilan uchrashgan degan gap tarqalgan. Ammo bu mish-mishlar hech qachon tasdiqlanmagan.

Shundan so‘ng Lee Min Honing Bae Suzy bilan uzoqroq ishqiy aloqalari boshlandi. Ular 2013 yildan 2017 yil noyabr oyigacha ancha kuchli ishqiy aloqada bo‘lgan. Lee Min Honing hatto tez orada to‘y qilish istagi ham bo‘lgan. Ammo to‘satdan ular ajrashib ketishgan, buning sababiga esa haligacha aniq izoh berilmagan.

Lee Min Ho Suzydan ajralganidan keyin biron bir yangi qiz bilan uchrashmagan. Lee Min Ho avvalgi intervyularidan birida hayotidagi ideal ayol o‘zining jozibasini tushunadigan va umumiy qadriyatlarni baham ko‘radigan kishi bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan. Shuningdek, u o‘z rahbarlariga va atrofdagilarga hurmat ko‘rsatishi kerak, deb qo‘shimcha qilgan u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » "Kim Tan" ya'ni koreys aktyori Lee Min Honing sevgan qizi